01 may 14:26
Yangiliklar
Sport kurashlari
Arman Carukyanning raqibi malum - Toni Fergyuson! (+POSTER)
Engil vazn toifasi UFC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan asli armanistonlik, hozirda Rossiya sharafini himoya qilayotgan Arman Carukyanning navbatdagi raqibi elon qilindi.
Arman 13 iyun kuni AQSHning Sent-Luis shahrida bo'lib o'tadigan Real American Fighter (RAF) 10 erkin kurash turnirida ishtirok etadi. Rossiyalikning raqibi amerikalik sobiq UFC afsonasi Toni Fergyuson bo'ladi.
Bu so'nggi besh oy ichida Carukyanning RAF turniridagi oltinchi bellashuvi bo'ladi. Yaqinda u Yurayya Feyberni mag'lub etgandi. 2025 yilning noyabr oyidan, yani UFC oktagoniga oxirgi marta chiqqanidan beri, Carukyan turli promoushenlarda ettita jang o'tkazdi.
Etiborlisi, 30 may kuni Arman Carukyan RAF ligasida yana bir jang o'tkazadi. Uning raqibi amerikalik kurashchi-inflyuenser Kilon Mugey Jimison bo'ladi. Bu bilan Arman ikki hafta ichida turnirda ikkita chiqish qiladi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar