04 may 15:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Armanistonlik Ovannes Bachkov ham serbiyalik raqibini mag'lub etib, nimchorak finalga yo'l oldi
Toshkentda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining to'rtinchi kunidan o'rin olgan janglar bo'lib o'tmoqda.
Biroz avval kunduzgi dastur doirasida -63,5 kg vazn toifasidagi navbatdagi jang yakuniga etdi. Unda armanistonlik Ovannes Bachkov Serbiya vakili Aleksey Sendrikka qarshi ringga chiqib, hakamlar qarori bilan g'alaba qozondi va nimchorak finalga yo'l oldi.
Qayd etish joiz, Ovannes mazkur vaznda birinchi raqamli bokschi sifatida ishtirok etmoqda.
Eslatib o'tamiz, -63,5 kg vazn toifasida hamyurtimiz Ruslan Abdullaev ham harakat qilmoqda. Har ikki bokschi ham navbatdagi janglarida g'alaba qozongan taqdirda, yarim final bosqichida to'qnash kelishi mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar