12 okt 11:09
Yangiliklar

Artur Beterbiev UFC`da debyut qilishi mumkin, u Kamaru Usmanga "vyzov" tashladi
"Menda MMA qoidalari bo'yicha jahon chempioniga qarshi "qafas"ga kirish istagi paydo bo'ldi. O'zimga juda ham qiziq tuyulyapti. To'g'ri, bu shu yilning o'zida amalga oshmaydi. Olti oy to'laqonli mashg'ulot lagerini o'tashim kerak. Sobiq UFC chempioni Jorj Sent-Perr juda yaqin do'stim hisoblanadi. U bilan birgalikda mashg'ulot o'tkazaman. Boksdagi natijam Dana Uaytning tinchini buzishiga ishonaman. Xullas, 77 kg vaznda UFC chempioni bilan jang qilishga tayyorman", - dedi Beterbiev.
Eslatib o'tamiz, yarimog'ir vazn toifasida ayni paytda Kamaru Usman UFC chempioni bo'lib turibdi. "Nigeriyalik dahshat" o'zining navbatdagi himoya jangini 6 noyabr kuni Nyu-Yorkda UFC 268 turniri doirasida Kolbi Kovingtonga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar