18 may 16:01
Yangiliklar
Sport kurashlari, Boks/MMA
Artur Taymazovning sobiq raqibi nima uchun UFCga o'tmagandi?
Erkin kurash bo'yicha Olimpiada chempioni Xajimurat Gacalovning aytishicha, Bilyal Maxov sog'lig'i bilan bog'liq muammolar sabab UFCga o'tmagan.
"Maxov nima uchun UFCga o'tmaganini bilaman: sog'lig'i tufayli. U 2008 yilda zaharlandi, ko'p yillar davomida davolandi, o'sha kunlar u uchun oson bo'lmadi. Yaqinda u yana operaciya qilindi - umurtqasidan. Men ham u UFCga o'tmagani yaxshi deb hisoblayman, chunki sog'liq birinchi o'rinda. Lekin agar u o'tadigan bo'lsa chempion bo'la olardi. U erda yaxshi natijalar ko'rsatgan bo'lardi", - dedi Gacalov.
Malumot uchun, Maxov uzoq yillar davomida -120 kg vazn toifasida Rossiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan va ko'pincha Artur Taymazovga imkoniyatni boy berib qo'yardi.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar