15 apr 11:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev Angliyadagi boks oqshomida ringga ko'tariladi + POSTER
Olimpiada va Jahon chempioni Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev professional boksdagi ikkinchi jangini o'tkazadi.
Hamyurtimiz 16 may kuni Londonda o'tkaziladigan boks oqshomida ringga ko'tariladi. Hozircha, o'sha kuni Mo'ydinxo'jaevga kim raqiblik qilishi aniq emas.
Eslatib o'tamiz, Asadxo'ja prof boksda mashhur "Queensberry" promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda.
U professional boksdagi ilk jangini 2025 yilning noyabr oyida CHelyabinsk shahrida qozog'istonlik Aydos Tastaevga qarshi o'tkazib, raqibini 2-raundda nokautga uchratgandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar