24 fev 21:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev Bolgariyadagi turnirda yarim finalga yo'l oldi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo'yicha "Stranja" xalqaro turniri davom etmoqda.
Musobaqa doirasida -63 kg vaznli bokschimiz, O'zbekiston chempioni Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev bugun uchinchi jangini o'tkazdi.
Mazkur bahsda hamyurtimizga braziliyalik Vanderson de Oliveyra raqiblik qildi. Asadxo'ja jangda faollik ko'rsatdi va yakunda 5:0 hisobida g'alabaga erishib, yarim finalga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, birozdan so'ng musobaqa doirasida Dilshod Ro'zmetov va Bahodir Jalolov kabi bokschilarimiz o'zlarining navbatdagi janglarini o'tkazishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar