So’nggi yangiliklar

11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0

30 apr 11:55
Yangiliklar

Dzyudo

Asakada zamonaviy dzyudo zali foydalanishga topshirildi

Teglar :  AndijonAsaka
Prezidentimiz tomonidan yosh avlodni aqlan etuk qilib tarbiyalash bilan bir qatorda jismonan barkamol etib voyaga etkazish jamiyat va davlat oldidagi eng ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.

Mazkur topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida Andijon viloyatining Asaka shahridagi 34-umumtalim maktabi hududida barcha zamon talablariga javob beruvchi dzyudo zali mahalliy yoshlar ixtiyoriga topshirildi. 

Ushbu engil konstrukciyali (sendvich panelli) dzyudo zalining tantanali ochilish marosimida Xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosari Zafar Mamajonov, Andijon viloyati sporti mutasaddilari ishtirok etishdi. 

So'zga chiqqanlar qisqa fursatda bunyod etilgan dzyudo zali mahalliy yoshlar hamda maktab o'quvchilari uchun chinakam sovg'a bo'lgani, kelajakda ushbu sport maskanidan Olimpiada va jahon chempionlari etishib chiqishi, eng muhimi, ushbu zal dzyudo bilan shug'ullangan yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari, salomatliklarini yanada mustahkamlashlari uchun xizmat qilishini alohida takidladilar.            

Jajji bolajonlarning qo'shiq kuylab raqsga tushishlari, yosh dzyudochilarning ko'rgazmali chiqishlari tantanali ochilish marosimiga yig'ilganlarga zavq va ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi. 

Malumot uchun, O'zbekiston dzyudo federaciyasi, Xalq talimi vazirligi hamda qator tashkilotlar hamkorligida qurib foydalanishga topshirilayotgan ixtisoslashtirilgan dzyudo majmualari soni 9 taga etdi. 

SHu kungacha Toshkent, Samarqand, Qo'qon, Navoiy, Guliston, Jizzax, Termiz shaharlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida xuddi shunday dzyudo zallari foydalanishga topshirilgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing