07 mar 18:39
Yangiliklar
Futbol
Asensio o'yin vaqti kamligi tufayli "Barselona" taklifini tinglashga tayyor
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio Madrid klubini tark etayotginini malum qildi.
Bu haqda "Diario Sport" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 27 yoshli ispaniyalik futbolchi 2023 yilda kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan norozi. Xususan, "Betis" (0:0) bilan o'yinda bosh murabbiy Karlo Anchelotti uni yarim soatdan ko'proq chigilyozdi mashg'ulotlarda qatnashishga majbur qilgani, lekin baribir maydonga tushirmagani unga yoqmadi.
Qayd etilishicha, ilgari Asensio "Real" bilan shartnomani uzaytirishi mumkinligi taxmin qilingan bo'lsa, endilikda futbolchi yozda jamoani erkin agent sifatida tark etish haqida jiddiy o'ylamoqda. Garchi kataloniyaliklar hali bu borada hech qanday qaror qabul qilmagan bo'lsa-da, u "Barselona"ning taklifini tinglashga tayyor.
Havola :
Manba : Diario Sport
Fikrlar