So’nggi yangiliklar

11:15"Байер" раҳбарияти футболчиларга чемпионлик узуклари тақдим этди + ФОТО 0 10:54Усик Тайсон Фьюрининг реванш ҳақидаги сўровига 4 та сўз билан жавоб берди 0 10:33Усик — Фьюри жангининг ҳакамлар ҳужжатидан кўчирма + ФОТО 0 10:12UFC Fight Night 241 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 09:51МЛС. Сўнгги дақиқаларда киритилган гол "Интер Майами"ни пешқадамга айлантирди 0 09:30Тайсон Фьюри: "Мен бу жангда ютқазмадим" 1 09:09UFC Fight Night 241 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 08:48Париж-2024 Олимпиадасида стол теннисчиларимиздан ҳеч ким бўлмайди 0 08:27Суперлига. Бугун Наманганда водий дербиси бўлиб ўтади 0 08:06Рим WTA 1000 турнири бош соврини кимга насиб этди? 0 07:45UFC Fight Night 241 турнирининг марказий жанги тўлиқ 5 раунд давом этди 0 07:24Бугун Жаҳон чемпионатининг илк куни 5 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 07:03"Байер" мавсум стартидан бери 51 та мағлубиятсиз ўйин ўтказди. Олдинда иккита учрашув қолди 0 00:07Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради 0 23:50Жаҳонгир Жумаев таниқли UFC собиқ жангчисини илк раунддаёқ нокаутга учратди! 0

23 sen 19:07
Yangiliklar

Tennis, Og'ir atletika, Boshqalar, SHaxmat, Kikboksing, Suv sporti turlari

Ashxobod. O'zbekistonlik sportchilarning ishtiroklaridan onlayn yakunlandi

Ashxobodda bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatida qatnashayotgan sportchilarimizning ishtiroklarini onlayn ravishda ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


21:20. Futzal terma jamoamiz yarim finalda Yaponiya terma jamoasiga qarshi parketga chiqadilar.


21:19. Futzalchilarimiz Vetnamni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.


21:02. -100kg vazn toifasida gilamga chiqqan polvonimiz mezbon kurashchiga finalda yutqazib qo'ydi va kumush medal bilan kifoyalandi.


20:47. Og'ir atletika. Farhodbek Sobirovdan ham kumush medal! Oltin medalni qo'lga kiritgan eronlik atlet 413 kg tosh ko'tarib jahon rekordini o'rnatdi.


20:27. Futzal. Birinchi bo'limdan so'ng O'zbekiston - Vetnam 1:0. Tanaffus!


20:25. Fayziev/Folc juftligi yarim finalda hindistonlik raqiblarga qarshi mikst o'yinini o'tkazmoqda. Birinchi setda vakillarimiz 6:7 hisobida yutqazib qo'yishdi.


20:19. 3x3 basketbol. Ayollar terma jamoamiz indoneziyalik raqiblarini 17:9 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo'l oldi.


20:15. Belbog'li kurash. Alish. -70 kg vazn toifasidagi sportchimiz Ilhomjon Mashrapov finalda turkmanistonlik Mekangeldi Berdievga yutqazib qo'ydi. Yana kumush medal... Afsus, Ilhom g'alabaga juda yaqin edi...


19:59. Futzalchilarimiz Davron CHorievning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. 1:0!


19:54. Farhodbek Sobirov dast ko'tarish bahslari yakuniga ko'ra ikkinchi o'rinda ketmoqda. 181 kg tosh ko'targan vakilimiz eronlik raqibidan 4 kgga ortda qolmoqda.


19:50. Futzal. O'zbekiston - Vetnam o'yini boshlandi. Aslida bahs 19:00da boshlanishi lozim edi. Afg'oniston-Turkmaniston bahsi penaltilargacha cho'zilgani uchun bizning o'yin biroz cho'zildi. Malumot uchun, afg'onlar turnir yarim finaliga chiqishdi.


19:41. SHaxmat bo'yicha 6 ta tur yakunlandi. Jahongir Vohidov va Alisher Begmurodovda 6 imkoniyatdan 2,5 ochko mavjud. Birinchi o'rindagi xitoylik shaxmatchida esa 4,5 ochko. 2-5 o'rindagi sportchilar hisobida esa 4 ochkodan bor. Bu degani bizning shovvozlar medallar qo'lga kiritish imkoniyatini qo'ldan chiqarib bo'lishdi.


19:35. SHaxmat. Jahongir Vohidov BAAlik raqibini mag'lub etdi. Alisher Begmurodov esa filippinlik shaxmatchiga yutqazdi.


19:28. Og'ir atletikachimiz Farhodbek Sobirov ishtirokidagi turnir boshlandi. Undan ham medal kutamiz!


19:25. Birozdan so'ng Ilhomjon Mashrapov oltin medal uchun gilamga chiqadi.


19:20. Kikbokschimiz Muslimbek Omonov qirg'izistonlik raqibini 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo'l oldi. Bo'lar ekanku!


19:14. Suzish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 4x100metr estafeta bahslarida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdilar. Kutmagandik lekin! YAXSHI!


19:00. Muaytaychi qizimiz Sabina Kim ilk jangdayoq turkmanistonlik Gulzada Jo'rakulevaga 0:3 hisobida yutqazib qo'ydi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.


18:50. Hozirgina Dilafruz Mamajonova mezbon sportchiga yutqazib qo'ydi. Malumot uchun, ayollar o'rtasidagi alish bahslarida -65kg vazn toifasida sportchilar 5 nafarni tashkil qiladi. SHu sababli ham ushbu vazndagi kurashchilar o'zaro janglarda qatnashishdi. Janglar yakunlariga ko'ra Dilafruz ochko to'plash bo'yicha ikkinchi o'rinni egalladi va yakunda kumush medalni qo'lga kiritdi.


18:42. Suzish bahslarida 100 metrga batterflay uslubida suzishda sportchimiz Artyom Kozlyuk finishga uchinchi bo'lib etib keldi va bronza medali sohibiga aylandi.


18:17. Yana bitta kumush medal. Gulhumoroy Dadaboeva turkmanistonlik raqibiga finalda yutqazib qo'ydi.


18:14. Afsuski Manzuraoy Mo'ydinova finalda eronlik raqibiga yutqazib qo'ydi va kumush medal bilan kifoyalandi.


17:49. Birozdan so'ng belbog'li kurash bahslarida sportchilarimiz final janglarini boshlaydilar.


17:20. Eslatib o'tamiz, medallar jamg'arish reytingida O'zbekiston delegaciyasi uchinchi o'rinda ketmoqda. Hisobimizda 16 ta oltin, 20 ta kumush va 44 ta bronza mavjud. Umumiy hisobda 80 ta medal! Kechki paytga borib reytingda ikkinchi o'ringa chiqib olishimiz kutilmoqda. CHunki bizni belbog'li kurash, suzish kabi sport turlarida finallar kutib turibdi.


17:17. Futzal. CHorak final. Soat 19:00da O'zbekiston futzal terma jamoasi vetnamnik raqiblariga qarshi parketga chiqadilar.


17:03. SHaxmatchilarimiz oltinchi tur o'yinlarini boshladilar.


16:47. Og'ir atletika. -75kg vazn toifasida tosh ko'taradigan qizimiz Omadoy Otaqo'zieva umumiy hisobda 231 kg toshni o'ziga bo'ysundira oldi va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. U terma jamoamiz delegaciyasi hisobiga navbatdagi kumush medalni qo'shib qo'ydi.


16:10. Omadoy dast ko'tarish yakunlariga ko'ra uchinchi o'rinda ketmoqda. U 101 kg toshni o'ziga bo'ysundira oldi. Birinchi va ikkinchi o'rindagi sportchilar 105 kgdan tosh ko'tarishdi.


15:40. Og'ir atletika. Ayollar o'rtasida -75 kg vazn toifasida Omadoy Otaqo'zieva bahslarni boshladi. Oltin medal uchun vaznda 6 nafar sportchi bahs olib bormoqda. Olg'a, Omadoy!


15:15. Ot sporti finalida ishtirok etgan sportchilarimiz Umidjon Komilov va Nurjan Tuyaqbaevlar sovrindorlar orasidan o'rin ololmadilar.


15:00. Olim Muxtorov va Ravshan Abdusamadovlardan tashkil topgan boulingchi yigitlarimiz juftligi 16 ta jamoa ichida "faxrli" 15-o'rinni egalladilar.


14:04. Suzuvchilarimizdan Artyom Kozlyuk bugun erkaklar o'rtasida 100 metrga batterflay uslubida suzish bahslarida finalda ishtirok etadi. 4x100 estafetada esa O'zbekiston erkaklar terma jamoasi ham oltin medallar uchun startga chiqadilar.

14:00. Soat 18:00dan so'ng kikboschlarimizning 2 nafari jang o'tkazadi. Ayollar o'rtasida Kim Sabina turkmanistonlik raqibga qarshi ringga chiqadi. Erkaklar o'rtasida esa Muslimbek Omonov qirg'izistonga qarshi ringga chiqadi.


13:55. Bugun soat 19:00da futzal. CHorak final: O'zbekiston - Vetnam.


13:52. SHaxmat. Ertalabki bahslarda vakillarimiz quyidagicha natijalar qayd etdilar:

Alisher Begmurodov - Ahmad Najjar (Livan) 0,5:0,5.

Jahongir Vohidov - Appiat Pornariyasombat (Tayland) 1:0.

Gulruhbegim Toxirjonova - SHamima Akter (Bangladesh) 0,5:0,5.

Nodira Nodirjonova - Kianyun Gong (Singapur) 0:1.


13:45. Belbog'li kurashda 4 nafar sportchimiz finalga yo'l oldi.

Finallar:

-55kg: Mo'ydinova Manzuraoy - Zahra Yazdanicherati (Eron)

-60kg: Gulhumoroy Dadaboeva - Zuhra Madraimova (Turkmaniston)

-70kg: Ilhomjon Mashrabov - Mekangeldi Berdiev (Turkmaniston)

-100kg: Islomjon Qo'ldoshev - Seydi Batirov (Turkmaniston)


13:34. Kikboks. Farhod Abdunazarov qozog'istonlik raqibiga yutqazib qo'ydi.


13:30. Belbog'lik kurash. Abduqahhor Egamov yarim finalda mezbon sportchiga yutqazib qo'ydi va bronza medali bilan kifoyalandi.


13:19. Ilhomjon Mashrabov ham finalda!


13:12. Yana bir belbog'li kurashchimiz Gulxumoroy Dadaboeva ham final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


13:00. SHaxmat. Nodira Nodirjonova 5-tur o'yinida singapurlik raqibiga yutqazib qo'ydi.


12:58. Bugun kechki payt Fayziev/Folc juftligi mikst bahslarda final yo'llanmasi uchun kortga chiqadilar. Ular finalga chiqin uchun hindistonlik tennischilarga qarshi bahs olib boradilar.


12:56. Belbog'li kurashchimiz Islomjon Qo'ldoshev eronlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, finalga chiqdi.


12:55. Belbog'li kurash. Alish. Manzuraoy Mo'ydinova turkmanistonlik Xesel Bekievani yarim finalda mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi.


12:53. Yana bir kikbokschimiz o'z ishtirokini to'xtatdi. Oybek Abduraximov iroqlik Rikan Alkineffirga 0:3 hisobida yutqazib qo'ydi...


12:52. Belbog'li kurash. -60 kg vazn toifasida gilamga chiqadigan polvonimiz Fayzulla Ummatov yarim finalda turkmanistonlik Medet Xalligurbanovga yutqazib qo'ydi va bronza medali bilan kifoyalandi.


12:50. Kikboks. Umarjon Alibekov esa pokistonlik Atif Altafni 3:0 hisobida mag'lub etdi.


12:48. Kikbokschimiz SHerzod Abdullaev iordaniyalik raqib Aday Abuhasoaga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi.


12:45. Sanjar Fayziev gonkonglik Vong Xong Kitni 6:7, 6:4, 6:4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


12:40. Saytimizda sportchilarimizning kechagi kungi bahslardagi ishtiroklaridan FOTOGALEREYAlarni joylashtirdik. Medalli suratlarni tomosha qilishingiz mumkin:


Ashxobod. Kurashchilarimizning 22 sentyabr kungi ishtiroklaridan FOTOGALEREYA


Ashxobod. Og'ir atletikachimiz Ulug'bek Alimov kumush medal sohibi FOTOGALEREYA


12:04. Og'ir atletika. Bugun Omadoy Otaqo'zieva va Farhodbek Sobirovlar ishtirok etadilar.


11:58. Sanjar Fayziev gonkonglik Xong Kit Vongga qarshi o'yin o'tkazmoqda. Hozircha hisob 6:7, 6:4. Uchinchi setta barchasi hal bo'ladi!


11:55. SHaxmatchi "to'rtlik" navbatdagi o'yinini o'tkazmoqda. G'alaba kerak.


11:40. Kikboksing. Furqatbek Yoqubov kutilmaganda iroqlik raqibiga yutqazib qo'ydi... Humoyun Farmonov esa Xitoy Taypeyi vakilini mag'lubiyatga uchratdi.


Bugun Osiyo o'yinlarida quyidagi bahslarda vakillarimiz ishtirok etadilar:

3x3 basketbol: CHorak final: O'zbekiston - Indoneziya (ayollar)
Belbog'li kurash
Bouling
SHaxmat
Ot sporti
Futzal: CHorak final: O'zbekiston - Vetnam
Tennis
Kikboksing
Suzish
Velosport
Og'ir atletika

Reyting: +5   

Fikrlar

+1   
23 sen 18:59:00
Is Moi LoVe
Shahzod Xojayli foydalanuvchining fikriga javob berish
Tenischilar xali boshlashmadimi
Yo`q hali. Agar yutishsa finalda Taylandliklar bilan tushadi
+1   
23 sen 18:56:17
Is Moi LoVe
Basketbol 17:9 UZB-Indoneziya Qizlarimiz yarim finalda
   
24 sen 10:19:43
Shahzod Xojayli
Bugun qaysi shovvozlarimiz Ashgabat maydonlarida javlon uradi. Kecha bizni xafa qilishdi bugun xursand qilisha oladimi? Buni bugun krasavchik adminlarimiz bilan birgalikda OLAMSPORT.COMDA kuzatib boramiz
   
24 sen 10:19:00
Shahzod Xojayli
Nima balo bogan kanallarga xech qaysisi Atleticoning oyinini obermayapti Uzreport,Futbol tv,Match tv,Futbol 1 2 3 NashFutbol
   
23 sen 21:45:27
Shahzod Xojayli
Admin raxmat
   
23 sen 21:26:58
Farrukh
Is Moi LoVe foydalanuvchining fikriga javob berish
Bugungi kunimiz faqat kumushli ekan... Birortayam oltin yo`q... Afsus... 7ta KUMUSH
Newta yana finalcilarimiza bor?
   
23 sen 21:23:23
Farrukh
O'zbekiston yutdi Vetnami
   
23 sen 21:21:37
Farrukh
Yaponiya bn o'ynimiza endi
   
23 sen 21:20:57
Farrukh
2 0 vetnam bn O'zbekiston
   
23 sen 20:59:23
Is Moi LoVe
Bugungi kunimiz faqat kumushli ekan... Birortayam oltin yo`q... Afsus... 7ta KUMUSH
   
23 sen 20:03:26
Shoberdiyev
Kuymazor foydalanuvchining fikriga javob berish
O‘zbekiston vs Vietnam boshlandi. O‘zbekiston oq, Vietnam qizil formada o‘ynayabdi. Hozircha hisob 0:0. Gol bo‘lsa aytib turaman.
qaysi kanaldan berayapdi
   
23 sen 20:02:53
Kuymazor
Gooooooòol 1.0
   
23 sen 19:56:06
Kuymazor
O‘zbekiston vs Vietnam boshlandi. O‘zbekiston oq, Vietnam qizil formada o‘ynayabdi. Hozircha hisob 0:0. Gol bo‘lsa aytib turaman.
   
23 sen 19:45:00
Shoberdiyev
Futzal qachon boshlanadi
   
23 sen 19:18:19
Farrukh
Jaalaaa Turkmanlani balet qiliwini qara qardowlarim mani sanla tilla oganini koromayopsanla maladsti omadini bersn
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing