So’nggi yangiliklar

13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0 10:15Бугун 5 нафар боксчимиз Астана турнирида рингга кўтарилади 0 09:54"Интер" афсоналаридан бири "Спартак" устозига айланди 0 09:33Даҳшат! MPL 9 турнири иштирокчиларининг бонус учун қанча мукофот пули олгани маълум 0 09:12Свёнтек Рим турнири бош соврини учун кортга чиқади, бу унинг 25-финали! 0 08:51Самарқанд мезбонлик қиладиган триатлон бўйича Жаҳон кубоги олдидан ташкил этилган матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:30Франция терма жамоасининг Евро-2024 учун таркиби маълум 0

24 sen 21:00
Yangiliklar

Sport kurashlari, Tennis, Og'ir atletika, Boshqalar, Kikboksing, Suv sporti turlari

Ashxobod. O'zbekistonlik sportchilarning ishtiroklaridan onlayn yakunlandi

Ashxobodda bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatida qatnashayotgan sportchilarimizning ishtiroklarini onlayn ravishda ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


21:30. SHu tariqa O'zbekiston terma jamoasi sportchilari ishtirokidan onlayn yakuniga etdi. Bizni kuzatib borganingiz uchun tashakkur!


21:29. Futzal terma jamoamiz esa penaltilar seriyasida Yaponiyani 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Endi ular turnir bosh sovrini uchun Eron terma jamoasiga qarshi to'p tepadilar.


21:26. Basketbolchi qizlarimiz finalda 20:22 hisobida yutqazib qo'ydilar. Kumush medal. Yomon ema. Kutmagandik lekin!


21:20. Futzalda penaltilar seriyasi...


21:15. 3x3 basketbol. O'zbekiston ayollar terma jamoasi taylandlik raqiblariga qarshi o'yin o'tkazmoqdalar.


21:07. Futzalda hisob hali hamon 3:3.


20:50. Futzal. O'zbekiston terma jamoasi asosiy vaqtda Yaponiya bilan 3:3 hisobida durang o'ynadi. Endi qo'shimcha vaqt ko'ramiz.


20:47. Birozdan so'ng 3x3 basketbolchi qizlarimiz oltin medal uchun Taylandga qarshi o'yinni boshlaydilar.


20:44. Sambochimiz Islomjon Azimov bronza medali uchun bo'lib o'tgan jangda mo'g'ulistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi va O'zbekiston hisobiga yana bir bronza medalini qo'shib qo'ydi.


20:36. OG'IR ATLETIKACHIMIZ IVAN EFREMOVDAN OLTIN! YAXSHIII!


20:20. Bugungi kun ancha omadli bo'lmoqda. Og'ir atletikachi Ivan Efremov ham oltinga juda juda yaqin!


20:17. Sambochimiz Nemat Yoqubovdan ham OLTIN MEDAL! YAXSHII! U finalda mezbon sportchi Ruslan Esgerovni mag'lubiyatga uchrata oldi!


20:12. Futzalchilarimiz ikkinchi golni kiritib, oldinga o'tib oldilar. Yaponiya 2:1 hisobida mag'lub etilmoqda.


20:10. Ko'z tegmasin, bizning erkin kurashchilarimiz turnirni muvaffaqiyatli boshladilar. 3 nafar ishtirokchi 1 ta bronza va 2 ta oltin medalni qo'lga kiritdi!


20:08. BIZDA OLTIN! Erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov finalda eronlik raqibini 6:12 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo'lga kiritdi. Ishongandik!


19:55. Og'ir atletikachimiz Ivan Efremov dast ko'tarish bahslarida 190kg toshni o'ziga bo'ysundira oldi va birinchi o'rinni egallab turibdi. 


19:52. Birozdan so'ng erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov finalda eronlik raqibga qarshi gilamga chiqadi. Oltin medal kutmoqdamiz!


19:50. Kikboks. Javohir Elboev afg'onistonlik raqibini nokautga uchratdi. Muslimbek Omonov esa xitoylik sportchiga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi...


19:44. Futzal. O'zbekiston - Yaponiya 1:1 (birinchi bo'lim yakunlandi).


19:27. Suzuvchilarimizdan yana bir bronza. Erkin usulda suzish 4x50 estafeta bahslarida O'zbekiston erkaklar terma jamoasi finishga uchinchi bo'lib etib keldi va bronza medalini hisobimizga qo'shib qo'ydi.


19:22. Futzalchilarimiz yaponiyalik raqiblariga qarshi o'yinni boshlab yuborishgan. Hozircha hisob 0:1... Yutqizyapmiz.


19:17. YANA OLTIN! Erkin kurashchimiz Mahmudjon SHavkatov finalda qozog'istonlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi!


19:15. Og'ir atletikachimiz Dolera Davronova bronza medalini qo'lga kiritdi.


19:13. Sambo. Sarbon Ernazarov finalda turkmanistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, OLTIN MEDAL sohibiga aylandi. Bo'lar ekanku!


18:29. Medallar jamg'arish reytingida oltinchi o'ringa tushib ketdik. Ammo, bitta oltin bizni to'rtinchi o'ringa olib chiqadi. 


18:27. 3x3 basketbolchi qizlarimiz suriyalik raqiblarini mag'lubiyatga uchratdilar va final yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.


18:24. Sambo. Ziyaeva Gulnoza mezbonlar vakilini mag'lubiyatga uchratib, bronza medalini qo'lga kiritdi.


18:15. Suzuvchimiz Artyom Kozlyuk 50 metrga batterflyay usulida suzish bahslarida finishga uchinchi bo'lib keldi va bronza medali bilan taqdirlandi.


18:13. Erkin kurash bo'yicha ham kechki janglar boshlandi. -48kg vazn toifasida gilamga chiqqan sportchimiz Dauletbike Yaxshimuratova bronza medali uchun bo'lib o'tgan jangda qozog'istonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, navbatdagi medalni hisobimizga qo'shib qo'ydi.


18:10. Finalda Rahmatjon Ahmedov mezbon sportchiga yutqazib qo'ydi va kumush medal oladigan bo'ldi.


18:08.

Qudratov Istam kurashsiz bronza medali sohibiga aylandi.


18:03. Lutfilla Saydamatov turkman sportchisidan ustun kelib, bronza medali sohibiga aylandi.


17:59. Ergashev Sattorv qirg'izistonlik raqibiga yutqazib, bronzadan quruq qoldi.


17:58. Samboda medallar uchun janglar boshlandi. Nodira Gulova turkmanistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, bronza medalini qo'lga kiritdi.


15:04. Tennis. Juftlik bahslarida ishtirok etgan Do'stov hamda Fayziev chorak finalda taylandlik Kavin/Kadchapanan juftligiga 3:6, 4:6 hisobida mag'lub bo'ldi.


14:30. Soat 17:00dan so'ng sambo, 18:00dan so'ng esa erkin kurash bo'yicha medallar uchun janglar boshlanadi. Bugun medallarimiz soni 100tadan oshishi kutilmoqda. Umid qilamizki, bugun qo'lga kiritiladigan medallarning aksariyat qismi oltin medal bo'ladi!


13:55. Medallar jamg'arish reytingida navbatdagi oltin medalni qo'lga kiritgan Xitoy terma jamoasi uchinchi o'ringa chiqib oldi. Biz to'rtinchi pog'onaga tushdik.


13:49. Sambo. Rahmatjon Ahmedov, Sarbon Ernazarov, Nemat Yoqubovlar finalda! Nodira Gulova, Gulnoza Ziyaeva, Sattor Ergashev, Lutfilla Saydamatov, Istam Qudratov va Islomjon Azimovlar esa bronza medali uchun bo'lib o'tadigan janglarda ishtirok etadilar.


13:46. Erkin kurash. Mahmudjon SHavkatov yaponiyalik raqibini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi. U finalda qozog'istonlik Gabit Tolepbayga qarshi gilamga chiqadi. 


13:34. Kikboks. Jahongir Husanov, Humoyun Farmonov, Muborak Kamolova, Ro'zimurod Turotkulov kabi sportchilarimiz keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdilar. Umarjon Alibekov va SHerali Musoevlar yutqazib, o'z ishtiroklarini yakunladilar.


13:30. Yana bir erkin kurashchimiz Mahmudjon SHavkatov xitoylik raqibini mag'lub etib, yarim finalga chiqdi. Endi u finalga chiqish uchun yaponiyalik polvonni mag'lub etishi lozim.


13:28. Ayollar o'rtasidagi bahslarda qatnashayotgan kurashchimiz Dauletbike Yaxshimuratova yarim finalda yaponiyalik raqibiga yutqazib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun jang qiladi.


13:13. Erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov xitoylik va turkmanistonlik raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi!


12:26. -48kg vazn toifasida ayollar o'rtasidagi bahslarda qatnashayotgan sportchimiz Dauletbik Yaxshimuratova vetnamlik Puong Pamni 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, yarim final ishtirokchisiga aylandi.


12:19. Ikki nafar sambochimiz Lutfilla Saydamatov va Istam Qudratovlar bronza medali uchun jang qiladilar.


12:01. -74 kg vazn toifasida O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov afg'onistonlik Farhod Malikzodani 12:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'l oldi. Yaxshi!


11:50. Sanjar Fayziev finalga yo'l oladigan bo'lsa aynan hindistonlik Sumit Nagalga qarshi o'ynaydi. Umid qilamizki, Fayziev jamoadoshi uchun revansh olib beradi.


11:48. Bizda bronza. Tennischimiz Farrux Do'stov turnirning ikkinchi raqamli raketkasi hindistonlik Sumit Nagalga 4:6, 5:7 hisoblarida yutqazib qo'ydi va bronza bilan kifoyalanishga majbur bo'ldi.


11:45. Bugun futzalchilarimiz soat 19:00da yaponiyalik raqiblariga qarshi final yo'llanmasi uchun maydonga chiqadilar. Undan oldin esa yarim finalniing ikkinchi juftligida Eron hamda Afg'oniston terma jamoalari o'zaro hisob-kitob qilib oladilar.


11:41. Sambo. Yoqubov Nemat hindistonlik raqibidan ustun keldi va yarim finalga yo'l oldi.


11:38. Tennischilarimiz Farrux Do'stov va Sanjar Fayzievlar bugun erkaklar o'rtasidagi juftlik bahslarida chorak final o'yinini o'tkazadilar. Ular yarim finalga chiqish uchun taylandlik Kavin/Kadchapanan juftligini mag'lub etishlari lozim bo'ladi.


11:33. Bugun erkin kurash bahslarida uch nafar sportchimiz janglarda ishtirok etmoqdalar. Bekzod Abdurahmonov, Mahmudjon SHavkatov va Dauletbik Yaxshimuratovalar ilk janglarida g'alaba qozonib, ikkinchi bosqichga yo'l oldilar.


11:29. Eslatib o'tamiz, kecha tennischilarimiz mikst bahslarida bronza medalini qo'lga kiritganlar. Sanjar Fayziev va Arina Folclar yarim finalda hindistonlik juftlik Tombare/Vishnuvardanlarga 6:7, 6:7 hisoblarida yutqazib qo'ydilar.


11:22. Sambo. Sattor Ergashev afg'onistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi.


11:10. Talablarga binoan Ashxoboddagi turnirda ishtirok etadigan erkin hamda yunon-rum kurashchilarimiz ro'yxatini taqdim etamiz:

Erkin kurash:

Ihtiyor Navro'zov

Umidjon Ismanov

Bekzod Abdurahmonov

David Modzvanashvili

Mahmudjon SHavkatov


Yunon-rum kurashi: 

Nurbek Hashimbekov

Mo'minjon Abdullaev

Elmurat Tasmuradov

Aram Vardanyan

Islomjon Bahromov


Ayollar:

Sevara Eshmuratova

Asem Seydametova

Dauletbik Yaxshimuratova



10:58. Farrux Do'stov birinchi setda 4:6 hisobida yutqazib qo'ydi...


10:55. Sambochilarimiz Sarbon Ernazarov, Rahmatjon Ahmedovlar ilk janglarida g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l olishdi.


10:50. Bugun erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonovdan oltin medal kutamiz!


10:47. Kikboks. Jahongir Husanov afg'onistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqdi.


10:40. Suzuvchimiz Aleksey Tarasenko 200 metrga erkin usulda suzish bo'yicha bahslari saralashida finishga birinchi bo'lib etib keldi. Endi u kechki payt bo'lib o'tadigan finalda ishtirok etadi.


10:34. SHaxmatchilarimiz so'nggi tur o'yinlarini o'tkazmoqdalar. Yakkalik standart bahslarda bizning "fantastik to'rtlik"da imkoniyat qolmagan. So'nggi turdagi g'alaba ham ularni medal qo'lga kiritishga yordam bera olmaydi.


10:25. Tennischimiz Farrux Do'stov hindistonlik raqibiga qarshi yarim final uchrashuvini boshladi. 


Bugun Ashxoboddagi musobaqada sportchilarimiz quyidagi sport turlarida bahslarga kirishadilar:

3x3 basketbol (ayollar, yarim final, O'zbekiston - Suriya)

SHaxmat

Futzal (erkaklar, yarim final, O'zbekiston - Yaponiya)

Tennis

Kikboks

Sambo

Suzish

Erkin kurash

Og'ir atletika

Reyting: +9   

Fikrlar

+6   
24 sen 10:33:47
Kuymazor
Shu bugun 5-6 ta oltin olsak, 30 ta kumush va bronzaning keragi ham yo‘q
+2   
24 sen 21:42:19
Ангрен
Хаммага рахмат, админларга эса алохида ташаккур исхор этиб коламиз...
+1   
24 sen 21:37:04
Shoberdiyev
YAPONIYANI YUTIBDI SHUNI O'ZI OLTINGA TENG
+1   
24 sen 21:14:32
Shahzod Xojayli
Bizda 21ta OLTIN boldi reytingda 4chimiz
+1   
24 sen 20:26:54
Dilshod
бу ёгда шунча ишла болип кетвотти.
Спорт ТВда хаттоки томошабинам кирмаган волейбол матчти Узб чемпионатини обервотти...
КАЛЛАСИГА КОЙИЛ СПОРТ ТВни!!!
+1   
24 sen 20:13:21
Dilshod
Туркманлада 200та медаль 26йил давомида олимпиадада хатто битта бронза оломаган давлат аввалги 26йилли ва кегинги 26 йиилликни хаммасини оптом килип овотти шекилли.
+1   
24 sen 19:44:36
Shahzod Xojayli
Futzal xisop 1:1 japan uzbek
+1   
24 sen 19:43:15
Shoberdiyev
Juda qiziq voqea bir paytni o'zida 2 ta turkman kanalida Mathiyamiz yangradi 2 oltin uchun
+1   
24 sen 19:09:08
Aguero
Shahzod Xojayli foydalanuvchining fikriga javob berish
URRA SAMBODAN 1 TA OLTIN
2-qizimiz ham yutdimi
+1   
24 sen 19:00:55
Shahzod Xojayli
URRA SAMBODAN 1 TA OLTIN
+1   
24 sen 13:48:52
SarvarPARKENTLIK 2706
Saytda yutuqlarimizni körolmayotgan bir yuser bor. Bir necha kundan beri fikrlarini kuzatyapman. Uzbekiston uchun negativ fikrla qoldirmoqda. Kimligini özi juda yaxwi biladi. Minus bosib ötirmayman fikriga O'sha yuserga gapim: Yozayotgan gapini o'ylab yoz !
+1   
24 sen 11:25:07
UZBEK TIGERS
ҲАММАГА САЛОМ!

МЕН ҲОЗИРГИНА РЎЙХАТДАН ЎТДИМ! АЛБАТТА СПОРТЧИЛАРИМИЗГА ЯХШИ ТИЛАКЛАР БИЛДИРИШ УЧУН!

ХУДО ХОҲЛАСА БУГУН 5 ОЛТИН ОЛАМИЗ!

ОЛҒА!
+1   
24 sen 10:51:57
Aziz
Ангрен foydalanuvchining fikriga javob berish
Бугун олтин олишимиз мумкин булган спорт турини узи югу. Факатгина огир атлетикадан Жангабаев иштирок этмаса. Бор умидимиз шу пахлавондан булиб турибти хозирча.
Бугун оғир атлетикачимиз, Рио Олимпиадаси иштирокчиси Иван Ефремов иштирок этади. ундан ташқари Бекзод Абдураҳмоновдан ҳам олтин медаль кутмоқдамиз
   
24 sen 21:55:11
Shahzod Xojayli
Ishongim kelmaydi yaponlarni yutdikmi URRRRRRRRRRRRRRRRRAAAAAAAAAAAAAAAAA tog'risina aytsam xayajon bilan 3:2 ni oqiyotganimda yutqazdik deb oyladim birozdan keyin esa qaytadan oqisam yutibmiz juda xam xursandman
   
24 sen 21:51:51
Shahzod Xojayli
Adminlar RAXMAT bugun yaxshi ishladingiz
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing