09 dek 18:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Asilbek Jalilov g'alabali yurishini davom ettirmoqda
Dubay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionatining oltinchi kun bellashuvlari boshlandi.
Musobaqada -54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Asilbek Jalilov ikkinchi jangini Gana vakili Amadu Mohammedga qarshi o'tkazdi.
Jang to'liq davom etdi va unda hamyurtimiz 5:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Malumot uchun, Jalilov chempionatdagi ilk jangida turkiyalik raqibidan ustun kelgandi.
Endi u navbatdagi jangini Serbiya yoki Kabo-Verde bokschilaridan biriga qarshi o'tkazadi.
Bugun JCH doirasida shuningdek Akmaljon Isroilov, Hasanboy Do'smatov va Xo'janazar Nortojiev jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar