01 apr 10:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Asilbek Jalilov ham Osiyo chempionatini ilk jangidayoq tark etdi
Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida navbatdagi mag'lubiyatni qabul qildi.
Terma jamoamizning 50 kg vazn toifasidagi vakili Asilbek Jalilov Yaponiya vakili Daichi Ivaiga qarshi ringga ko'tarildi.
Afsuski, bahsda Ivai 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
Bu erkaklar terma jamoamizning musobaqadagi ikkinchi yo'qotishi bo'ldi. Avvalroq, 70 kg vazndagi Xavasbek Asadullaev hindistonlik raqibiga imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar