08 dek 12:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Asilbek Jalilov ham finalda jang qiladi!
Tailandda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirib ulgurdi.
Bugun musobaqada erkaklar o'rtasida yarim final bahslari o'tkazilyapti. -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Asilbek Jalilov ushbu bosqichda SHri-Lanka vakili Pasindu Godakandalagega qarshi ringga ko'tarildi.
Bokschimiz jangda ishonchli tarzda 5:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Eslatib o'tamiz, Asilbek chorak finalda qozog'istonlik Saken Bibossinovni mag'lubiyatga uchratgandi.
Asilbekning final jangi 11 dekabr kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar