06 dek 19:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Asilbek Jalilov ham Jahon chempionatini g'alaba bilan boshladi
BAAda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqada -54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Asilbek Jalilov ilk jangini Turkiya vakili Sadai Axiskaliga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda Asilbek Jalilov 5:0 hisobida g'alabaga erishdi va keyingi bosqichga yo'l oldi. Qayd etish lozim, bokschimiz 3-raundda raqibini nokdaun holatiga ham solib qo'ydi.
Endi Jalilov keyingi jangini Gana yoki Hindiston vakiliga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar