23 mar 18:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Aslamjon Ortiqovning ONE FC ligasidagi jangi tasdiqlandi + POSTER
ONE FC ligasida o'tkazgan 9 ta jangining barida g'alaba qozongan taniqli yakkakurash ustamizning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
Ortiqov 10 aprel kuni Tailandning Bangkok shahrida tashkil etiladigan ONE Fight Night 42 turnirida ringga chiqadi. "Lumpinee Stadium"da o'tajak oqshomda Aslamjon kolumbiyalik Jordan Estupinanga qarshi jang o'tkazadi.
Malumot uchun, tajribali muaytaychimiz o'tgan yili ONE Fight Night 36 turnirining ikkinchi asosiy jangi (co main event)da Tailand vakili, Liganing sobiq chempioni Kongtoraneni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan edi. Bu bilan Ortiqov ONE FC Ligasidagi to'qqizinchi jangida to'qqizinchi g'alabasini nishonlagandi.

Havola :
Fikrlar