06 may 14:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Aslamjon Ortiqovning qoldirilgan jangi qachon o'tkazilishi malum bo'ldi
O'zbekistonlik muay-tay jangchisi Aslamjon Ortiqov 10 aprel kuni kolumbiyalik Jordan Estupinan bilan jang qilishi kerak edi.
Biroq kolumbiyalik sportchining jarohat olgani va bahsda ishtirok etishdan bosh tortgani sababli jang bekor qilingan edi.
Malum bo'lishicha, qoldirilgan jang 15 may kuni ONE Fight Night 43 turniri doirasida o'tkaziladi.
Malumot uchun, tajribali muaytaychimiz o'tgan yili ONE Fight Night 36 turnirining ikkinchi asosiy jangi (co main event)da Tailand vakili, Liganing sobiq chempioni Kongtoraneni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan edi. Bu bilan Ortiqov ONE FC Ligasidagi to'qqizinchi jangida to'qqizinchi g'alabasini nishonlagandi.

Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar