14 iyu 11:37
Yangiliklar
Asosiy jangi Drikus Dyu Plessi - Kamaru Usman bo'lgan UFC Fight Night 281 turnirining to'liq kardi tasdiqlandi
Oqshomning asosiy voqeasi o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Drikus Dyu Plessi hamda yarim o'rta vazn toifasidagi sobiq kamar sohibi Kamaru Usman o'rtasidagi jang bo'ladi.
Kechaning ikkinchi muhim voqeasi o'rta vazn toifasi faxriysi Jared Kannone (reytingning 11-raqami) hamda britaniyalik Kristian Leroy Dankan (reytingning 13-raqami) o'rtasidagi jang bo'ladi.
Bundan tashqari, turnirning asosiy kardida umidli engil vazn toifasi vakili CHeyz Xuper ishtirokidagi jang hamda ayollar o'rtasida minimal vazn toifasida Fatima Klayn va Tabata Richchi o'rtasidagi janglar ham etiborga loyiq.
Prelim kardda bir necha UFC debyutantlari - kichik Levi Rodriges, Elvin Xayns va Anna Melisano ishtirokidagi janglar bo'lib o'tadi.
UFC Fight Night 281 turnirining to'liq kardi:
O'rta vazn: Drikus Dyu Plessi – Kamaru Usman
O'rta vazn: Jared Kannone – Kristian Leroy Dankan
Engil vazn: CHeyz Xuper – Mitch Ramires
Ayollar minimal vazn: Fatima Klayn – Tabata Richchi
Yarim engil vazn: Tommi Makmillen – Alberto Montes
Yarim engil vazn: Ostin Bashi – Xose Delgado
Yarim o'rta vazn: Jan-Pol Lebosnoyani – Ko Sok Xyon
Yarim og'ir vazn: kichik Levi Rodriges – Felipe Franko
O'ta engil vazn: Olden Koria – Styuart Nikoll
Og'ir vazn: Ar-Jey Xarris – Elvin Xayns
Ayollar o'ta engil vazn: Anna Melisano – Dione Barbosa

Fikrlar