28 okt 11:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Aspinall - Gan jangi UFC tarixida "o'tkazilmagan" deb topilgan ikkinchi chempionlik jangi bo'ldi
UFC`ning og'ir vazndagi amaldagi chempioni Tom Aspinall hamda Siril Gan o'rtasidagi jang liga tarixida “o'tkazilmagan” deb topilgan ikkinchi chempionlik jangi sifatida qayd etildi.
Bu to'qnashuv Abu-Dabida (BAA) bo'lib o'tgan UFC 321 turnirining markaziy jangi bo'lib, birinchi raund oxirida Ganning Aspinall ko'ziga zarba berishi sababli to'xtatildi.
Qizig'i shundaki, UFC tarixida ilk bor “o'tkazilmagan” deb elon qilingan chempionlik jangi 2017 yil 29 iyulda bo'lib o'tgan Jon Jons va Daniel Korme revanshi edi. O'sha jangda Jons texnik nokaut bilan g'alaba qozongandi, ammo keyinchalik uning doping testi musbat chiqqani uchun natija “bekor qilingan” deb o'zgartirilgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar