29 dek 16:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Aspinall jarrohlik stoliga yotdi
UFC’ning og'ir vazn toifasidagi chempioni Tom Aspinallni oldinda ikkinchi operaciya kutmoqda.
Britaniyalik aralash yakkakurash ustasi ko'zini operaciya qildirdi.
"Bir ko'zim operaciya qilindi, keyingi operaciya yanvar oyining o'rtalarida bo'ladi. Biz qaytish ustida ishlayapmiz", — dedi Aspinall.
Eslatib o'tamiz, Tom Aspinall va Siril Gan UFC 321 turnirining asosiy jangida to'qnash kelgan edi. Abu-Dabida bo'lib o'tgan jangning birinchi raundida Gan uning ko'ziga qo'lini tiqib olgandi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar