21 okt 18:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Aspinall Volkov bilan revansh uchun o'z shartini aytdi
UFC chempioni Tom Aspinall rossiyalik Aleksandr Volkovga qarshi ehtimoliy revansh haqida gapirdi.
Volkov ayni paytda og'ir vazn reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
"Volkovga qarshi jang men uchun katta tajriba bo'lgandi. U chempionlik jangida g'alabadan tashqari barcha narsaga erishdi. Agar u o'z jangida, men o'z jangimda g'alaba qozonsak, revansh o'tkazishimiz mumkin deb o'ylayman. Ha, g'olib g'olibga qarshi", - dedi Aspinall.
Malumot uchun, Volkov va Aspinall jangi 2022 yili o'tkazilgan va o'shanda Top birinchi raundda raqibini taslim bo'lishga majbur qilgandi.
Havola :
Manba : TNT Fight Sports
Fikrlar