07 sen 08:35
Yangiliklar
Boks/MMA

ATFC 23. Markaziy jangda dahshatli nokaut, Ramazon Temirovning ukasida ham muddatidan oldin g'alaba (VIDEO)
Kecha Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan yozgi amfiteatr majmuasida MMA bo'yicha ATFC 23 (Amir Temur Fighting Championship) turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqaning markaziy bahsida gulistonlik 22 yoshli sportchi Asadbek Xolbo'taev Ozarbayjon vakili Kerib Nesefovga qarshi oktagonga chiqdi.
Uch raund etib belgilangan jangda Asadbek birinchi raunddayoq raqibini oyoq zarbasi orqali yiqitib, so'ngra ketma-ket zarbalari bilan texnik nokautga uchratdi.
SHuningdek, turnir doirasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirovning ukasi SHohjahon Temirov Jahongir Gaibov bilan to'qnash keldi va birinchi raundda nokaut orqali zafar quchdi. Har ikki atletda bu prof MMAdagi ilk bahs edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar