02 may 20:17
        Yangiliklar	
	
				
				    Sambo			    
				 
				
			 
				Atiraudagi Osiyo ochiq kubogi. Sambochilarimiz birinchi kun 3 ta medal qo'lga kiritishdi
Qozog'istonning Atirau shahrida sambo bo'yicha Osiyo ochiq kubogi bahslari o'tkazilmoqda. 
			Bugun musobaqa doirasida dastlabki kun bellashuvlari bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, uch nafar hamyurtimiz musobaqa sovrindoriga aylandi.
-88 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan SHohrux Olimov finalgacha etib bordi va kumush medalga sazovor bo'ldi. -71 kg vazn toifasidagi yurtdoshlarimiz Daniel Suleev va Bilolbek Abdugapparov bronza medalini terma jamoamiz hisobiga qo'shib qo'yishdi.
Ertaga musobaqa davom ettiriladi.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar