16 may 07:59
Yangiliklar
Atletlar komissiyasining saylovi kelasi yilga qoldirildi, nomzodlar orasida CHusovitina ham bor
Xususan, Tokio Olimpiadasi arafasida Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) Atletlar komissiyasi yangi azolari uchun saylov bo'lib o'tishi ham rejalashtirilgan edi.
Biroq XOQ Ijroiya qo'mitasi mazkur saylovni kelasi yilga qoldirdi. Ilgari saylovni onlayn tarzda o'tkazish masalasi ham ko'rilgan bo'lsa-da, yakunda barchasi boshqacha xotima topdi.
XOQ Atletlar komissiyasi 6 yil muddatga bir nechta jahon sporti afsonalaridan tashkil topgan kichik guruh bo'lib, uning vazifasi XOQ va jamoatchilik oldida sportchilar manfaatini himoya qilishdan iborat bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, yangi saylov uchun ko'rsatilgan nomzodlar orasida o'zbekistonlik gimnastikachi Oksana CHusovitinaning ham nomi keltirib o'tilgan.
Fikrlar