11 noy 08:04
Yangiliklar
ATP Finals. Teylor Fric mezbon tennischini taslim etdi
Dunyoning oltinchi raketkasi amerikalik Teylor Fric ATP reytingida 9-o'rinni egallab turgan italiyalik Lorenco Muzettini 6/3, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan Fric tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 3:3.
Bir yuz uch daqiqa davom etgan bahsda Fric 13, Muzetti 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar bo'yicha mutlaq "ustunlik" mezbon raketka ustasida bo'ldi - 5 ga 0. Breyklar bo'yicha esa tabiiyki, Teylor ustunlik qildi - 2 ga 0.
Jimmi Konnors guruhida 1-turdan so'ng Fric peshqadamga aylanib oldi. Dunyoning birinchi raketkasi Karlos Alkaras hisobida ham g'alaba bor va u yutib olingan geymlar foiziga ko'ra ikkinchi o'rindan joy olgan.

Fikrlar