16 noy 13:48
Yangiliklar
Tennis
ATP Finals. Yannik Sinner finalda!
Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannik Sinner vatani Italiyaning Turin shahrida o'tkazilayotgan yilning Yakuniy ATP turniri finaliga yo'l oldi.
Italiyalik iqtidor egasi 1/2 finalda ATP reytingida ettinchi o'rinni egallab turgan avstraliyalik Aleks de Minaurni 7/5, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob kosmik holatga keldi - 13:0!
Bir soatu 53 daqiqa davom etgan bahsda Sinner 14, De Minaur 1 tagina eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Minaurda 3 ga 0, breyklar esa Yannikda ko'proq bo'ldi - 6 ga 1. Sinner faoliyatida qatorasiga uchinchi bor ATP Yakuniy turniri finaliga chiqdi. 2023 yilda u Novak Jokovichga yutqazgan bo'lsa, o'tgan yili Teylor Fricni mag'lubiyatga uchratgan edi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar