15 noy 13:42
Yangiliklar
Tennis
ATP Finals. Yannik Sinner guruh g'olibi sifatida 1/2 finalga chiqdi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannik Sinner Italiyaning Turin shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha yilning Yakuniy ATP turnirida muvaffaqiyatli odimlamoqda.
Italiyalik iqtidor egasi guruh bosqichining so'nggi uchrashuvida ATP reytingida 5-o'rinni egallab turgan amerikalik Ben SHeltonni qiyinchilik bilan mag'lubyatga uchratdi - 6/3, 7/6(3). Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Yannik katta farq bilan etakchilik qilmoqda - 8:1.
To'qson besh daqiqa davom etgan bahsda Sinner 11, SHelton 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. 24 yoshli Yannik ATP Finals 1/2 finaliga guruh g'olibi sifatida yo'l oldi. U final chiptasi uchun avstraliyalik Aleks de Minaurga qarshi kortga chiqadi. SHelton esa guruh bosqichidagi barcha uch uchrashuvda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar