13 noy 10:06
Yangiliklar
ATP Finals. Zverevni mag'lub etgan Sinner muddatidan oldin 1/2 finalga chiqdi
Italiyalik tennischi ATP reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan germaniyalik Aleksandr Zverevni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/3. Yannik tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida oldinda bormoqda - 6:4.
To'qson sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Sinner 12, Zverev 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Breyklar bo'yicha tabiiyki, g'olib tennischi ustunlik qildi - 2 ga 0.
SHu tariqa, Sinner Born Borg guruhida ikki g'alaba bilan muddatidan avval 1/2 finalga yo'l oldi. U so'nggi uchinchi turda amerikalik Ben SHeltonga qarshi kortga chiqadi. Ben ikkala uchrashuvda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Zverev va kanadalik Feliks Oje-Alyassim hisobida bittadan g'alaba bor. Aynan ikki tennischi uchinchi turda o'zaro ikkinchi 1/2 final chiptasini hal qilishadi.

Fikrlar