11 jan 16:49
Yangiliklar
Australian Open 2026. Ikkinchi raketkamizning saralash turniridagi raqibasi malum
O'z tarixida 114-marotaba tashkil etiladigan, umumiy mukofot jamg'armasi rekord daraja - 111,5 million AQSH dollariga etkazilgan Avstraliya Ochiq chempionatining ayollar o'rtasidagi saralash turnirida birgina vakilamiz Mariya Timofeeva yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Qura natijasiga ko'ra, Timofeeva saralashning birinchi bosqichda yaponiyalik 26 yoshli Mai Xontamaga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi. Kunchiqar yurt vakilasi hozirda WTA reytingida 242-pog'onadan joy olgan. O'zbekistonning ikkinchi raketkasi bo'lib turgan Timofeeva esa 138-o'rinni band etgan.
Australian Open 2026 turnirining asosiy to'riga yo'llanma olish uchun uchta uchrashuvda g'olib chiqish talab etiladi. Mariya Mai Xontama to'sig'idan o'tib olsa, ikkinchi davrada franciyalik Manon Leonard va yana bir yapon tennischisi Himeno Sakatsume uchrashuvi g'olibasiga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar