13 jan 12:33
Yangiliklar
Australian Open 2026. Mariya Timofeeva ishtirokidagi bahs g'olibi uch setda aniqlandi
O'z tarixida 114-marotaba tashkil etilayotgan, umumiy mukofot jamg'armasi rekord daraja - 111,5 million AQSH dollariga etkazilgan Avstraliya Ochiq chempionatining ayollar o'rtasidagi saralash turnirida birgina vakilamiz Mariya Timofeeva yurtimiz sharafini himoya qildi.
Qura natijasiga ko'ra, Timofeeva saralashning birinchi bosqichida yaponiyalik 26 yoshli Mai Xontamaga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 31 daqiqa davom etgan bahsda Timofeeva afsuski, Xontamaga 1/6, 4/6, 5/7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi to'qnashuvi bo'ldi. 2022 yilda o'tgan ilk uchrashuvda ham yaponiyalik tennischi zafar quchgandi.
Taqqoslash uchun, Kunchiqar yurt vakilasi hozirda WTA reytingida 242-pog'onadan joy olgan. O'zbekistonning ikkinchi raketkasi bo'lib turgan Timofeeva esa 138-o'rinni band etgan. Mariya saralashda 28-raqam ostida tasniflangan edi.

Fikrlar