18 jan 12:36
Yangiliklar
Australian Open 2026. Polina Kudermetova g'alaba bilan boshladi
O'z tarixida 114-marotaba tashkil etilayotgan, umumiy mukofot jamg'armasi rekord daraja - 111,5 million AQSH dollariga etkazilgan Avstraliya Ochiq chempionatining ayollar o'rtasidagi asosiy to'r bahslarida mamlakatimizning birinchi hamda uchinchi raketkalari - Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova yurtimiz sharafini himoya qilishi haqida xabar bergan edik.
Hozirgina Polina Kudermetova asosiy to'rning ilk davrasida g'alabaga erishdi. Vakilamiz kvalifikaciya, yani saralash raundi g'olibalaridan biri ispaniyalik Giomar Maristaniga qarshi kortga chiqdi. Sakson bir daqiqa davom etgan bahsda Polina ortiqcha qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi va 1/32 finalga yo'l oldi - 6/2, 6/3.
Taqqoslash uchun, 22 yoshli Polina Kudermetova WTA reytingida roppa-rosa 150, to'liq ism-sharifi Giomar Maristani Zuleta de Reales bo'lgan 26 yoshli ispan tennischisi 184-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazadigan ilk uchrashuvi bo'ldi. Polina 4 ta eys zarbasini amalga oshirdi va 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Endi u ikkinchi davrada daniyalik Klara Tauson yoki vengriyalik Dalma Galfiga ro'baro' bo'ladi.


Fikrlar