29 jan 19:50
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Ayollar o'rtasidagi turnirda ikkinchi finalchi ham malum
Dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenkoga qarshi Avstraliya Ochiq chempionati bosh sovrini uchun kortga chiqadigan tennis malikasi aniqlandi.
Bu baxtli ishtirokchi qozog'istonlik Elena Ribakina bo'ldi. Dunyoning beshinchi raketkasi bo'lib turgan yon qo'shnimiz 1/2 finalda WTA reytingida o'zidan bir pog'ona quyida borayotgan amerikalik raqibasi Jessika Pegulani mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 7/6(7).
Bu bilan u tennischilarning o'zaro uchrashuvi hisob-kitobida ham oldinga chiqib olishga muvaffaq bo'ldi - 4:3. Roppa-rosa 100 daqiqa davom etgan bahsda Ribakina 6, Pegula 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Breyklar bo'yicha ustunlik g'olib tomonida bo'ldi - 4 ga 3.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar