30 jan 19:34
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Jokovich va Sinner o'yinida ikkinchi finalchi malum bo'ldi
Tennis bo'yicha Avstraliya Ochiq chempionatining erkaklar o'rtasidagi bahslarda yarim finallar yakunlandi.
Ilk yarim finalda Karlos Alkaras Zverevni mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l olgani haqida avvalroq xabar bergandik.
Ikkinchi yarim finalda dunyoning to'rtinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovich ikkinchi raketka, italiyalik Yannik Sinnerga qarshi kortga chiqdi.
4 soat 12 daqiqa davom etgan o'yinda Jokovich 3:6, 6:3, 4:6, 6:4, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi va finalga yo'l oldi.
Endi 1 fevral kungi finalda Karlos Alkaraz va Novak Jokovich bosh sovrin uchun kurash olib boradi.




Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar