22 jan 07:31
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Kiz chempionlik himoyasini davom ettirmoqda
Dunyoning to'qqizinchi raketkasi Medison Kiz Melburnda o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining uchinchi davra ishtirokchisiga aylandi.
Amerikalik tennis malikasi Australian Open ikkinchi bosqichida WTA reytingida 62-pog'onada borayotgan vatandoshi Eshlin Kryugerni mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 7/5. Bu amerikaliklarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Etmish to'rt daqiqa davom etgan bahsda Kiz 1, Kryuger 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Eshlinda bittaga ko'proq bo'ldi - 5 ga 4. Breyklar bo'yicha tabiiyki, g'oliba ustunlikka ega bo'ldi - 6 ga 2.
Etiborlisi, Kiz ikkinchi setda 2/5 hisobida yutqaza turib, setboldan chiqib ketdi. Uning uchinchi bosqichdagi raqibasi chexiyalik Karolina Plishkova va indoneziyalik Janis Ten uchrashuviga qarshi kortga chiqadi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar