21 jan 09:48
Yangiliklar
Australian Open. Polina Kudermetovaning 14-raketkaga qarshi o'yini 3 set davom etdi
Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Polina Kudermetova ikkinchi davra doirasida daniyalik 23 yoshli Klara Tausonga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 53 daqiqa davom etgan o'yinda afsuski Kudermetova 3:6, 6:3, 5:7 hisoblarida imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi ishtirokini ikkinchi davrada yakunladi.
O'yin davomida Polina 4 ta, raqib esa 12 ta eys amalga oshirdi. Tennischimiz 10 ta qo'shxato qilgan bo'lsa, daniyalik tennischi 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Malumot uchun, 22 yashar Polina ayni damda WTA reytingida 150-o'rinni band etib turibdi. U Avstraliya ochiq chempionatining dastlabki davrasida Ispaniya vakilasi Giomar Maristanidan ustun kelgandi. Dunyoning 14-raqamli raketkasi bo'lmish Klara Tauson esa birinchi bosqichda vengriyalik Dalma Galfini mag'lub etgandi.


Fikrlar