29 jan 16:41
Yangiliklar
Australian Open. Sobolenko - Cvitolina uchrashuvida ilk finalchi aniqlandi
Ayollar o'rtasidagi musobaqada ilk finalchi malum bo'ldi. Dunyoning birinchi raketkasi ortiqcha qiyinchiliksiz final chiptasini qo'lga kiritdi. Belaruslik tennis malikasi 1/2 finalda WTA reytingida 12-o'rinni egallab turgan ukrainalik Elina Svitolinani mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/3.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Elina faqat bir marotaba zafar quchgan. Qolgan 6 ta bahsda Arinaning qo'li baland kelgan. Etmish etti daqiqa davom etgan uchrashuvda Sobolenko 1 ta qo'shxatoga yo'l qo'yib, 4 ta breykdan unumli foydalandi, eys zarbasini esa ijro eta olmadi. Svitolina esa 2 ta eys, 1 ta breyk qayd etib, 3 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Elina Svitolina "Katta Dubulg'a" turnirlaridagi oxirgi 4 ta 1/2 final uchrashuvlarida 3 marotaba mag'lub bo'lgan. Sobolenko esa faoliyatida to'rtinchi bor Avstraliya Ochiq chempionati finalida o'ynaydi. Uning Australian Open — 2026 bosh sovrini uchun kechadigan final uchrashuvidagi raqibasi Jessika Pegula (AQSH) — Elena Ribakina (Qozog'iston) qarama-qarshiligida aniqlanadi.

Fikrlar