02 mar 17:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Avazbek Xolmirzaevning ONE Championship kamari uchun jangi qachon bo'lib o'tishi elon qilindi
Avval xabar berganimizdek, o'zbekistonlik MMA ustasi Avazbek Xolmirzaev navbatdagi jangini titul uchun o'tkazadi.
Bu malumotni sportchining o'zi yana bir bor tasdiqladi.
"In SHa Alloh, 29 aprel kuni ONE Championship kamari uchun jang qilamiz. SHartnomaga imzo chekdim. Hammaning ishonchini oqlashga, kamarni O'zbekistonga olib kelishga qo'limdan kelganicha harakat qilaman", deydi Xolmirzaev.
Avazbek o'ta engil vazn toifasida ONE Championship Ligasining amaldagi chempioni bo'lib turgan yaponiyalik Yuya Vakamatcu bilan to'qnash keladi. Xolmirzaev prof faoliyati davomida 17 ta jang o'tkazib, 15 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. Yuya Vakamatcu hisobida esa 20 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar