29 iyu 10:25
Yangiliklar
Abdulaziz Xolmirzaev Bokuda o'tkazilayotgan sport kurashlari bo'yicha U17 jahon chempionatida dastlabki medalimizni keltirdi
Yunon-rum kurashi ustalari ishtirokida o'tayotgan bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi dastlabki medaliga sazovor bo'ldi. -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Abdulaziz Xolmirzaev murosasiz bellashuvlarda bronza medalini qo'lga kiritdi. Bugun kun davomida 5 nafar kurashchi qizimiz saralash bahslarini o'tkazishsa, 4 nafar “klassik” kurashchimiz medallar uchun gilamga chiqadi:
Final:
-51 kg: Bunyod Hasanov – Abdurahmon Huseynli (Ozarbayjon).
Bronza medali uchun:
-45 kg: Afruzbek Ibragimov – Vazgen Vardanyan (Armaniston) / Arslan Iliev (Rossiya)
-60 kg: Sadriddin To'lqinboev / Muhammad Ahmed (Misr) – Aleksandru Lungu (Ruminiya)
-92 kg: Mirjalol SHavkatov – Zoxrab Safarov (Ozarbayjon) / Amirrizo Mehri (Eron).







Fikrlar