So’nggi yangiliklar

18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0

18 apr 18:13
Yangiliklar

Boks/MMA

Aviakompaniya Carukyanni reysdan "echish" sababini malum qildi

Teglar :  Arman Carukyan
Arman Carukyan va uning jamoasi Los-Anjelesdan Filadelfiyaga bo'lgan reysdan telefonlar va yig'ma stoldan noto'g'ri foydalangani uchun olib tashlangani haqida xabar tarqagandi.

"American Airlines" aviakompaniyasi vakillari voqea yuzasidan rasmiy bayonot berib, uchuvchi va uning hamrohlari samolyotni uchish yo'lagiga haydash vaqtida Arman va uning jamoasi o'z joyini tark etgani sababli samolyotdan tushirilganini malum qilishdi.

"16 aprel kuni American Airlines aviakompaniyasining 513 reysi federal qoidalarga rioya qilishdan bosh tortgan yo'lovchilar tufayli Los-Anjeles xalqaro aeroportidagi qo'nish yo'lagiga qaytdi. Xavfsizlik bizning asosiy ustuvor vazifamiz va biz yo'lovchilardan bortdagi ekipaj ko'rsatmalarini, jumladan, samolyotni boshqarish paytida o'z joylarida qolish talabini bajarishni talab qilamiz", - deyiladi aviakompaniyaning MMA Fighting nashri tomonidan elon qilingan rasmiy sharhida.

Aviakompaniya malumotlariga ko'ra, Carukyan va uning do'stlari samolyot parvozga shaylangan paytda yo'lakda turgan va o'z joylarini egallashdan bosh tortgan. Ekipaj azolari ularni o'z joylariga qaytishga ko'ndirishga uringan, ammo oxir-oqibat samolyotni qaytarishga qaror qilingan.

Parvozdan besh kishi, jumladan, Carukyan ham echilgan, shundan so'ng samolyot Filadelfiyaga uchib ketgan. Arman Filadefiyaga 18 aprelga belgilangan RAF 8 turnirida ishtirok etish uchun yo'l olgandi. Natijada rossiyalik aralash yakkakurash ustasi tadbir o'tkaziladigan joyga xususiy samolyotda uchishga majbur bo'lgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing