So’nggi yangiliklar

17:54Хамзат Чимаев Москвада жанг қилади! Рақиб ҳам аниқ (ПОСТЕР) 0 17:15Ўзбекистонда UFC турнири ўтказилса, марказий жангда қайси ҳамюртимиз иштирок этиши маълум 0 16:33"Бунёдкор"да пул йўқ: Тошкент клуби Навоийга бора олмайди 0 15:50Мирафзал Ахтамовнинг PFL Лигасидаги кейинги рақиби, жанг санаси ва манзили эълон қилинди 0 15:07Баскетболчи қизларимиз Осиё ўйинларидаги рақибларини билиб олди 0 14:27Жон Жонс Федор Емельяненкони мағлуб этган бўлиши мумкинлигини айтди 0 13:50Мурод Алиев "Пахтакор" билан ўйинда кўтарилган баннер ҳақида: "Шу ерда раҳбар бўлиб нотўғри иш қилаётган жойимиз йўқ" 0 13:17Расман! Лазизбек Мулложоновнинг проф боксдаги кейинги жанги тасдиқланди. У Жалоловнинг собиқ рақиби билан жанг қилади (ПОСТЕР) 0 12:49Қозоғистон дзюдо терма жамоаси Осиё ўйинлари учун таркибини эълон қилди 0 12:24Ислам Махачев: "Конор Макгрегордан кўнглим қоляпти" 0 11:55ФИФА Аргентина терма жамоасига нисбатан учта банд бўйича суриштирув бошлади 0 11:17Пойтахтимизда 600 нафардан зиёд таэквондо усталарини бир нуқтада бирлаштирган "Tashkent Summer Camp-2026" йиғини ўтказилмоқда 0 10:43UFC 330 турнири яна бир жангини йўқотди 0 10:06Бектемир Мелиқўзиев ESPN рейтингидан жой олди 0 09:34Ўзбекистон МТЖ аъзоси жароҳат сабабли камида бир ой майдонга тушмайди 0

16 may 16:35
Yangiliklar

Dzyudo

Avlodlar almashinuvi kechayotgan Qashqadaryo dzyudosi haqida

Teglar :  DzyudoQashqadaryo
Respublikamizda dzyudoga qaratilayotgan etibor, uning rivoji, yutuq va kamchiliklari haqida turkum intervyu hamda maqolalar berib kelayotgan edik.

Bugun diqqat etiborimiz Qashqadaryo viloyati dzyudosiga qaratiladi. SHu maqsadda viloyat dzyudo federaciyasi ijrochi direktori Abror CHoriev bilan suhbat uyushtirdik.        

- Abror aka, Qashqadaryo viloyati dzyudosi haqida gap ketganda, kimlarni alohida takidlagan bo'lardingiz? Kimlar viloyat dzyudosiga tamal toshini qo'yishgan?

- Viloyatimiz dzyudosi haqida gap ketganida, malakali va jonkuyar  murabbiylarimiz - Ulug'bek Pattaev, Bahodir Hojiev, SHavkat Boboyorov, Po'lat Omonqulov, Dildora To'raqulovalarning xizmatlarini alohida takidlab o'tishni istardim. Qashqadaryo viloyati dzyudosiga asos solgan inson esa Vadim Malkov hisoblanadi. Vladimir Felipovichning say-harakatlari bilan viloyatda dzyudo sport turi ommalasha boshlagan.    

- Terma jamoalarga munosib nomzodlarni etkazib berish bo'yicha olib borilayotgan ishlar qoniqarli darajadami? Viloyatdan yoshlar va kattalar terma jamoasida necha nafardan azo hamda nomzod dzyudochilar bor?

- Bu borada selekciya ishlariga jiddiy etibor qaratilgan. Bugungi kunda kattalar terma jamoasiga 5, yoshlar jamoasiga esa 7 nafar dzyudochimiz azo hamda nomzod sanaladi. Ulardan Kamoliddin Rasulov, Bahrom Rajabov, Maruf Hidirov, Nodir Hurramov, Farangiz Xolmurodova singari dzyudochilarimiz ijobiy natijalarga erishib kelishyapti.

- Qashqadaryo viloyatining qaysi tumanlarida dzyudoga etibor nisbatan yaxshi?

- Qarshi shahri, shuningdek, G'uzor, Koson, Qamashi kabi tumanlarimizda dzyudoga bo'lgan etibor talab darajasida. Buning natijasida nomlari tilga olingan hududlardan iqtidorli sportchilar etishib chiqmoqda.  

- Sportchilarning kashf qilinishi va yuzaga chiqishi bevosita murabbiylarga bog'liq. Viloyatda bu masalada muammo yo'qmi?

- Fikringizga to'liq qo'shilaman. Murabbiyning salohiyati yuqori bo'lmasa, har qanday iqtidor ham o'z-o'zidan so'nib ketishi mumkin. Tajribali murabbiylar masalasida deyarli muammolarimiz yo'q. Ular mavjud sekciyalarimizda yaxshi ishlashyapti.  

- Viloyat dzyudo federaciyasi tomonidan murabbiy va hakamlar uchun seminarlar o'tkazib turiladimi?

- Albatta. Bu kabi seminarlar avvaldan belgilangan reja asosida o'tkaziladi. Bundan tashqari, viloyatimizda o'tkaziladigan musobaqalar oldidan ham murabbiy va hakamlar uchun seminarlar tashkil etiladi. Yil boshida O'zbekiston dzyudo federaciyasi Hakamlar hayati raisi Nag'monjon Mirzarahmonov, tajribali murabbiy Kamol Murodov viloyatimiz hakam va murabbiylar uchun seminar o'tkazib berishgan edi. Fursatdan foydalanib, nafaqat dzyudo, balki barcha sport turlariga etibor qaratayotgan hukumatimizga, bizga zarur sharoitlarni muhayyo qilayotgan O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz.           

- Viloyat miqyosida o'tkazilayotgan musobaqalar etarli darajadami?

- 25 yanvar kuni Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati faollar zalida O'zbekiston dzyudo federaciyasi Qashqadaryo viloyat bo'limining 2019 yil yakunlari hamda joriy 2020 yil rejalariga bag'ishlangan hisobot yig'ilishi bo'lib o'tgan edi. Unda o'tgan mavsum sarhisob qilinishi barobarida yangi yil rejalari muhokama qilingandi. Yillik rejada turli yosh toifasi uchun mo'ljallangan musobaqalar bisyor edi. Afsuski, koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan karantin tufayli hamma musobaqalarni ham o'tkaza olmayapmiz. 9-10 mart kunlari Qarshi tumani BO'SM sport zalida 2005-2006 yillarda tug'ilgan o'smir va qizlar o'rtasida viloyat chempionatini o'tkazib olgandik. 

- Qo'shni Surxondaryo viloyatidan terma jamoada nomzodlar ko'p. SHarofiddin Lutfullaev, Hikmatulloh To'raev... Aslida Qashqadaryo ham kurashchi-polvonlar yurti hisoblanadi. Lekin sizlarda mashhur dzyudochilar kamdek, nazarimda. Bu nima bilan bog'liq?

- Haqiqatan ham dzyudochilarning aksariyati faoliyatini to'y kurashlaridan boshlagan. Endi savolingizga kelsak, hozir bizda avlodlar almashinuvi davri ketyapti desam xato bo'lmasa kerak. Iqtidorli yoshlar etishib chiqmoqda. Ularning asosiy terma jamoaga taklif etilishi va o'zlarini ko'rsatishlari uchun ozgina vaqt kerak. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing