31 iyu 12:59
Yangiliklar
Avstraliyalik tennischi Croatia Open Umag g'olibi
ATP reytingida 90-pog'onadan joy olgan avstraliyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 72-raketkasi, shveycariyalik Sten Vavrinkani 6/7(5), 6/3, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Ikki soatu 36 daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 4 tadan eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar 3 ga 2, breyklar 4 ga 2 ko'rinishida, Popirin foydasiga bo'ldi. Bu Yashil qita vakilining faoliyatidagi ikkinchi ATP turniridani bosh sovrini bo'ldi. Dastlabki sovrinni u 2021 yilda Singapurdagi turnirda qo'lga kiritgandi.
Plava Laguna Croatia Open Umag turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok avstraliyalik tennischiga 250 reyting ochkosi hamda 85,605 evro mukofot puli keltirdi. Vice-chempion Vavrinka esa bir haftalik mehnatidan 150 ochko va 49,940 evro ishlab oldi.
Fikrlar