10 apr 10:30
Yangiliklar
Kurash
Avval manzili o'zgargan kurash bo'yicha Osiyo chempionatining endi vaqtida o'zgarish yuzaga keldi
O'zbek milliy kurashi bo'yicha kattalar o'rtasida 2024 yilgi Osiyo chempionati bellashuvlarining vaqti o'zgardi.
Eronning Tehron shahri mezbonligida o'tadigan qita chempionatida o'zgarish yuzaga keldi.
Musulmon olamining eng muqaddas bayramlaridan biri Qurbon hayiti bayrami vaqtiga to'g'ri kelishi munosabati bilan, ishtirokchilarga qulay shart-sharoit yaratish va mezbon davlatning mavjud imkoniyatlari hisobga olinib, kurash bo'yicha kattalar o'rtasida XIII Osiyo chempionatini o'tkazish vaqti 6-10 iyun etib belgilandi.
Aslida, musobaqa 4-10 iyun kunlari oralig'ida Buxoro shahrida o'tkazilishi lozim edi.
Havola :
Manba : ika.org
Fikrlar