20 iyu 17:40
Yangiliklar
Ayol kishiga qo'l ko'tarish gunoh, tag'in bilmadim...
Ishtirokchilardan biri latviyalik Igor Kovalenko bolgariyalik ayol grossmeyster Antoaneta Stefanovaga qarshi o'yinda asablari dosh berolmay, raqibiga shaxmat donasini otib yubordi. 27 yoshli grossmeyster buni keyinroq o'zi tan oldi.
- Faoliyatim davomida ilk bor raqibimga qarata “figura” irg'itib yubordim. Vaqtdan kechikish tufayli asablarim dosh berolmay qoldi, - dedi Kovalenko.
Grossmeysterning Feysbuk ijtimoiy tarmog'ida etirof etishicha, u o'sha zahotiyoq o'ziga kelib, raqibasidan uzr so'ragan. Qizig'i, u o'sha o'yinda mag'lubiyatga uchragan. Javob bahsida esa g'alaba qozona olgan.
Takidlash kerak, Toshkentda
o'tgan ayollar o'rtasidagi Gran-pri turniri ishtirokchisi bo'lgan Antoaneta hozirda 37
yoshda bo'lib, ayollar o'rtasida jahonning o'ninchi (2004-2006) chempioni hisoblanadi. 2002
yili Evropa chempionligini ham qo'lga kiritgan. 2012 yili aynan tezkor yo'nalishda jahonda
tengsiz bo'lgan.
Fikrlar