17 jan 15:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Ayollar terma jamoamiz "Millatlar kubogi"ni g'alabalar bilan boshladi
Kecha Serbiyaning Sombor shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasidagi "Millatlar kubogi" musobaqasi start oldi.
Musobaqaning ilk kunida O'zbekiston terma jamoasining 3 nafar vakilasi ringga ko'tarildi. Ahamiyatlisi, bokschilarimizning barchasi raqiblariga imkoniyat qoldirmagan holda g'alabaga erishdi.
-50 kg: Feruza Kazakova – Moldir Toikova (Qozog'iston) 5:0
-52 kg: Aziza Yakubova – Jasmina Naj (Serbiya) 5:0
-66 kg: Navbahor Hamidova – Bakit Seidish (Qozog'iston) 5:0
Bugun turnirning ikkinchi kungi bellashuvlari o'tkaziladi. Unda terma jamoamizdan birgina Saidaxon Rahmonova ringga chiqadi.
-48 kg: Saidaxon Rahmonova – Nikole Durikova (Slovakiya).
Janglar Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar