23 iyu 11:03
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
Aytaveramiz va qaytaveramiz: O'zbekiston delegaciyasi o'z bayroqdorini o'zgartirgani malum bo'ldi
Bu haqida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov "O'zbekiston 24" telekanaliga bergan intervyusida malum qildi.
"O'zbekiston bayroqdorini tayinlashda avvalambor har bir sport turida musobaqalar jadvalini inobatga olgan holda, qolaversa barcha sportchi, delegaciya azolarining fikrini inobatga olib, bokschimiz Bahodir Jalolov va taekvondochimiz Nigora Tursunqulovaga ishonib topshirildi", - dedi O'zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov.
Eslatib o'tamiz, 17 iyul kuni Milliy olimpiya qo'mitasi rasmiy sayti ochilish marosimida gimnastikachi Oksana CHusovitina va bokschi Bobousmon Baturov bayroqdor bo'lishini elon qilgandi. Xabardan skrinshotni ko'rishingiz mumkin.
Aytaveramiz ham, qaytaveramiz ham! Bunaqasi faqat bizda bo'lsa kerak.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
albatta) nima bo'larkina...