20 jan 17:39
Yangiliklar
Sport kurashlari
Aytjan Xalmaxanov PWL 11 turnirida Olimpiada chempioni bilan jang qilishi mumkin
27 mart kuni Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida sport kurashlari bo'yicha PWL 11 musobaqasi o'tkaziladi.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik yunon-rum kurashi bo'yicha Jahon chempioni Aytjan Xalmaxanov gilamga chiqishi mumkin.
UWW_UZB nashri xabar berishicha, Xalmaxanov turnirda kubalik Olimpiya o'yinlari g'olibi Luis Orta Sanches bilan to'qnash keladi.
Sanches Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari g'olibi va 2023 yilgi Jahon chempioni hisoblanadi.

Havola :
Manba : UWW_UZB
Fikrlar