21 sen 21:41
Yangiliklar

Aytjan Xalmaxanov - yunon-rum kurashi bo'yicha Jahon chempioni!
Xorvatiyaning Zagreb shahrida o'tayotgan sport kurashlari bo'yicha jahon chempionatidan xushxabar. Yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qo'lga kiritdi.
-60 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz hal qiluvchi bellashuvda janubiy koreyalik CHung Xan-Jaeni mag'lubiyatga uchratishga erishdi.
Bu so'nggi 24 yil ichida yunon-rum kurashu bo'yicha dunyo birinchiligida o'zbekistonlik atletlarning qo'lga kiritgan dastlabki oltin medali bo'ldi. Barakalla, Aytjan!
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg'arishga erishdi.
Oltin medal:
-63 kg: Aytjan Xalmaxanov (yunon-rum kurashi)
Kumush medal:
-60 kg: Alisher G'aniev (yunon-rum kurashi)
Bronza medal:
-57 kg: G'ulomjon Abdullaev (erkin kurash)
-65 kg: Umidjon Jalolov (erkin kurash)
-72 kg: Abdullo Aliev (yunon-rum kurashi)
Fikrlar