07 okt 20:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Azamat Nuftillaevning jangi O'zbekistonda translyaciya qilinadi
Ertaga Qozog'istonda MMA oqshomi o'tkaziladi.
Ertaga, yani 8 oktyabr kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahrida Alash-Pride FC turniri tashkil etiladi. Ushbu kechada hamyurtimiz og'ir vazn toifasidagi Azamat Nuftillaev (8-0) ukrainalik Evgeniy Golub(14-8)ga qarshi oktagonga chiqadi. Etiborlisi, ushbu jang Alash-Pride FC'ning chempionlik kamari uchun kechadi.
Ushbu oqshomni Sport TV orqali translyaciya qiladi. Bu haqda Nuftillaev Instagram orqali xabar bermoqda. Turnir Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar