20 fev 00:59
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/206102_220.jpg)
Azamat Nuftillaevning ukrainalik raqibiga qarshi jangi to'liq davom etdi
Toshkent shahridagi "Octagon 27" turniri o'z yakuniga etib bormoqda.
Turnirning asosiy kardi doirasida og'ir vaznli sportchimiz Azamat Nuftillaev ukrainalik Yuriy Procenkoga qarshi jang qildi.
Uch raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Jang teng kurashlar ostida kechdi va yakunda hakamlar mazkur to'qnashuv durang bilan yakunlanganligini qayd etishdi.
SHu tariqa, Azamat faoliyatidagi ilk durangni qayd etdi. Bungacha u barcha janglarida g'alabaga erishgandi.
Malumot o'rniga Procenko o'z vaqtida Murod Xonto'raevni mag'lub etgan. Boshqa bir yurtdoshimiz Muzaffar Rajabovga esa imkoniyatni boy bergan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar