So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

22 iyu 17:20
Yangiliklar

Tokio-2020

Aziz Abduhakimov Olimpiya shaharchasida delegaciyamiz uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi + FOTO

O'rganish ishlari dastavval ko'chadan boshlandi.

Bugun O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Turizm va sport vaziri, Tokio-2020dagi O'zbekiston delegaciyasi rahbari Aziz Abduhakimov, O'zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muhsinxo'ja Abdurahmonov va MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, delegaciyamiz uchun yaratib berilgan barcha sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.


Unda vakillarimiz istiqomat qilayotgan qavatlarning tashqi tomondan qanday bezatilgani, ichkarida esa O'zbekistonning turistik salohiyatini aks ettiruvchi ko'rgazmali banerlar ko'rib chiqildi.

Mutasaddilar tashrifi Marat Qurbonov boshchiligidagi bokschilarimizning mashg'ulotiga to'g'ri keldi. Ular charm qo'lqop ustalarimiz bilan suhbatda bo'lajak musobaqa oldidan o'zlarining iliq tilaklarini bildirib o'tishdi. 

Takidlash joiz, mutasaddilarga tashrif davomida MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosarlari Saken Polatov, Azizjon Kamilov va SHerzod Tashmatov hamrohlik qildilar.

SHundan so'ng ular yuqori qavatdan joy olgan O'zbekiston delegaciyasining shtabiga ko'tarilishdi. U erda shtab azolari bilan suhbatlashib, ularning faoliyati bilan tanishdilar. SHuningdek, jamoamizning tibbiyot markazi olib borayotgan ish ham yaqindan o'rganildi. 

SHifokorlarimiz Aziz Abduhakimov boshchiligidagi mutasaddilarga nafaqat sportchilarimiz, balki delegaciyamiz tarkibidagi boshqa vakillarining salomatligi, ularning xavfsizligini taminlash bo'yicha ko'rilayotgan choralar haqida yaqindan gapirib berishdi. 

Belgilanganidek, har bir delegaciya azosidan kunlik PZR testlari olinmoqda va ular barchasi manfiy ko'rsatkich bermoqda. O'z navbatida delegaciya rahbariyati tomonidan atletlarimizning salomatligini asrash, jarayonni yanada kuchli nazoratga olish bo'yicha qo'shimcha tavsiyalar berib o'tildi.

Mutasaddilar shtab azolari bilan alohida uchrashuv tashkil etilib, tashkiliy masalalar bo'yicha Yaponiya tajribasini chuqur o'rganish, undan “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o'yinlari davomida samarali foydalanish, Olimpiya obektlari loyihasining arxitektorlari bilan uchrashuvlar tashkil qilish, zamonaviy sport inshootlarini yurtimizda qurish, unda kamxarj va tejamkor materiallardan foydalanishni o'rganish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

Tashrif davomida mutasaddilar sportchilarimiz yashayotgan xonalarda ham bo'lib, ular uchun yaratilgan sharoitlarni o'rganishdi. Bu jarayon taekvondochilarimiz Nigora Tursunqulova hamda Svetlana Osipova istiqomat qilayotgan nomerlar misolida bo'ldi.

Keyinchalik Olimpiya shaharchasining oshxonasi ham ko'zdan kechirildi. Unda atletlar uchun tayyorlanayotgan ovqatlarning turlari, ularning kaloriyalari haqida mutaxassislar tomonidan malumot berildi. Xulosa qilib aytganda, bu Aziz Abduhakimov va Muhsinxo'ja Abdurahmonov tomonidan amalga oshirilgan katta tashrif bo'lib, unda mutasaddilar Olimpiya shaharchasi bilan to'liqligicha tanishib chiqdilar.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing