26 apr 09:28
Yangiliklar

Azizbek Abdug'ofurov CHudinovga qarshi jangi uchun jo'nab ketdi + FOTO
Professional bokschimiz ishtirokidagi jang 29 aprel kuni Krasnogorsk shahridagi Vegas City Hall arenada bo'lib o'tadi. SHu kuni Azizbek rossiyalik tajribali bokschi, sobiq jahon chempioni Fyodor CHudinovga qarshi ringga ko'tariladi. Promouter Vladimir Xryunov tomonidan tashkil etilayotgan ushbu jang 10 raund etib belgilangan.
Malumot uchun, Azizbek Abdug'ofurov shu kungacha prof ringda 14 ta jang o'tkazib, 13 tasida g'alaba qozongan. Beshta jangni muddatidan avval o'z foydasiga hal qilgan. Yagona mag'lubiyatini o'tgan yilning 20 mart kuni Moskvada qabul qilib olgandi. O'shanda u rossiyalik Pavel Silyaginga 108-120, 109-119, 109-119 hisoblarida yutqazib qo'ygandi. Silyagin WBC Silver kamarining yangi sohibiga aylangan edi.
Bokschimizning 29 aprel kunidagi raqibi Fyodor CHudinov hisobida esa 25 g'alaba, 2 mag'lubiyat va 1 durang bor. O'n ettita jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Fyodor oxirgi jangini 2021 yilning 15 oktyabr kuni Ronni Mittagga qarshi o'tkazib, muddatidan avval zafar quchgan.
Fikrlar